Astronomlar yangi g‘ayrioddiy kometani aniqladi

Astronomlar yangi g‘ayrioddiy kometani aniqladi
Astronomlar yangi g‘ayrioddiy kometani aniqladi

Quyoshni kuzatish bo‘yicha kosmik apparat SOHO (Solar and Heliospheric Observatory) yangi g‘ayrioddiy kometani topishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Rossiyskaya gazeta».

SOHO-2875 (C/2015 D1) nomini olgan kometaning g‘ayrioddiyligi shundaki, u hech qaysi kometalar oilasiga mansub emas. Ikkinchidan, u Quyoshga juda yaqinlashganiga qaramay, omon qolgan.

18 fevraldan 21 fevralgach bo‘lgan davrda SOHO-2875 (C/2015 D1) Quyosh yuzasidan atigi 3,5 million kiolmetrlik masofadan uchib o‘tgan. Qayd etilishicha, odatda bunday masofaga yaqinlashgan kometalar bug‘lanib ketishi kerak.

Manba: www.daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.