Putin Savchenkoning topshirilishi xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Putin Savchenkoning topshirilishi xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Putin Savchenkoning topshirilishi xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoni topshirish masalasi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan ancha avval muhokama qilingani haqida bayonot berdi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

«Savchenkoni almashtirish — qaytarish, afv etish masalasiga kelsak. Biz bu masalani prezident Poroshenko bilan ancha avval muhokama qilganmiz. Bizning oldimizda turgan birinchi galdagi vazifa, Ukraina sudi tomonidan sudlangan ikki rossiyalikni qaytarish masalasi edi», — deb oydinlik kiritgan Vladimir Putin Gresiya bosh vaziri Aleksis Sipras bilan Afinada o‘tkazgan muloqoti yakunida.

25 may kuni Nadejda Savchenko rossiyalik Evgeniy Erofeev va Aleksandr Aleksandrovlarga almashtirilgan edi. Ularni prezidentlar Vladimir Putin va Pyotr Poroshenko afv etgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.