Moldovaning sobiq prezidentiga yangi ayblov qo‘yilmoqda

Moldovaning sobiq prezidentiga yangi ayblov qo‘yilmoqda
Moldovaning sobiq prezidentiga yangi ayblov qo‘yilmoqda
Foto: RIA Novosti.
Moldova sobiq prezidenti Igor Dodon soxta tibbiy ma’lumotnoma tayyorlash, saqlash va undan foydalanish bo‘yicha yana bir jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchi bo‘ldi, deb yozadi «RIA Novosti» mamlakatning korrupsiyaga qarshi prokuraturasiga asoslanib.
 
«Tergov davomida Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqilgan jinoyat ishi bo‘yicha «mamlakatdan tashqariga chiqmaslik majburiyati» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan Moldova Respublikasining sobiq prezidenti yolg‘on xabar taqdim yetgani aniqlandi», — deyiladi vazirlik bayonotida.
 
Dodon voyaga yetmagan o‘g‘lini davolash bahonasida Ruminiyaga borishga ruxsat olish uchun sertifikat olishga uringan.
 
2022 yil may oyi oxirida Dodon huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan passiv korrupsiya, noqonuniy boylik orttirish, davlatga xiyonat va jinoiy guruh tomonidan siyosiy partiyani moliyalashtirishda gumonlanib ushlangandi.
 
Dastlab siyosatchi uy qamog‘iga olingan, biroq keyinchalik unga mamlakatdan chiqib ketishni taqiqlash chorasi qo‘llanilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.