Turkiyadagi zilziladan 49 kun o‘tib vayronalar ostidan mushuk tirik topildi


Foto: AA
Turkiyadagi dahshatli zilziladan 49 kun o‘tib «Xon» laqabli mushuk vayronalar ostidan tirik olib chiqildi. Oyog‘i singan va qattiq suvsizlangan hayvon ayni damda davolanmoqda, deyiladi BIA xabarida.
Mushukning egasi Nida Dina va uning qizi Marash shahridagi uylarning birida ijarada yashagan. 6 fevral soat 04:17 da 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Dina va uning qizi qattiq shikastlangan uydan qochishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo «Xon» ichkarida qoldi. O‘sha kuni soat 13:24 da sodir bo‘lgan 7,6 magnitudali ikkinchi zilzilada 11 qavatli bino qulab tushdi.
36 yoshli Dina qariyb qirq kunni uyi yonidagi mashinasida o‘tkazdi. 49 kundan keyin «Xon» vayronalar ostidan qutqarildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













