Moskva yaqinida «Russkie vityazi» guruhi tarkibidagi Su-27 samolyoti qulab tushdi

Moskva yaqinida «Russkie vityazi» guruhi tarkibidagi Su-27 samolyoti qulab tushdi
Moskva yaqinida «Russkie vityazi» guruhi tarkibidagi Su-27 samolyoti qulab tushdi

Rossiya harbiy kuchlarining «Russkie vityazi» guruhi tarkibidagi Su-27 samolyoti Moskva viloyatining Pushkin tumanida, Muranovo qishlog‘idan 2 km masofada, aholi turar joylari ro‘parasidagi daraxtzorga qulab tushdi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

RIA Novosti agentligining Rossiya Mudofaa vazirligiga asoslanib xabar berishicha, samolyot o‘quv-mashg‘ulot vaqtida halokatga uchragan.

Halokat natijasida samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan. Voqea Moskva vaqti bilan soat 10.25 da sodir bo‘lgan.

Parvoz vaqtida samolyotda qurol-aslaha bo‘lmagan.

Dastlabki xabarlarda MiG-29 rusumli qiruvchi samolyoti halokati to‘g‘risida aytilgandi.

Muranova qishlog‘i yaqinidagi Ashukino aholi turar joy hududida bugun Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov va Rossiya Harbiy Kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni Viktor Bondaryov ishtirokida aviatorlar uchun o‘rnatilgan monument ochilishi marosimi o‘tkazildi. Marosim vaqtida hudud osmonida «Russkie vityazi» samolyotlari parvoz qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.