Putin yarim tunda kutilmaganda Kremlga tashrif buyurdi


Foto: RIA Novosti.
OAVda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yarim tunda kutilmaganda Kremlga kelgani videosi tarqaldi.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu tashrifga izoh berdi.
«Haqiqatan ham, Putin yarim tunda Kremlga kelgan. Putinning Kremlda kvartirasi bor, u yerda u tez-tez tunab qoladi. Kecha u Ogaryovoda ishlagan. Ishi tugagach, u Kremlga ko‘chib o‘tdi. Odatdagi amaliyot, bu juda tez-tez sodir bo‘ladi», degan Rossiya rahbarining matbuot kotibi brifingda.
Aprel oyi boshida prezident Putin Kremldagi ushbu kvartirada belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan muzokara o‘tkazgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













