Ramzan Qodirovning qimmat kurtkasi muhokamalarga sabab bo‘ldi (foto)

Ramzan Qodirovning qimmat kurtkasi muhokamalarga sabab bo‘ldi (foto)
\"\"
Foto: Telegram 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning fransuz brendiga tegishli qimmat kurtkasi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Ma’lum qilinishicha, Qodirov o‘zining TikTok qo‘shinlari bilan uchrashish uchun Louis Vuitton brendining kurtkasida kelgan. Brendning veb-saytida Qodirovnikiga o‘xshash ustki kiyimning narxi 252 ming rubldan (taxminan 3 200 dollar) boshlanadi.

2022-yil Ramzan Qodirovning kabinetida Louis Vuitton kolleksiyasidan bo‘lgan zarbli sumka ko‘zga tashlangandi. To‘plamning narxi 175 ming dollarni tashkil qilgan.

\"\"
Foto: Telegram
\"\"
Foto: Telegram

Fevral oyida Rossiya prezidentining qimmat kurtkasi omma e’tiborini tortgandi. Vladimir Putin 22-fevral kuni “Lujniki”dagi konsertga tashrifida qariyb 600 ming rubllik ( 7 931 dollar) kurtkada ko‘rinish bergan.

\"\"
Foto: Unian

Rossiya rahbarining kashemir kiyimi Fransiyaning Serasin brendiga tegishli. Kurtka 2012-yil maxsus buyurtma asosida tikilgan. Bu Putin zaxirasidagi kiyimni kiygan bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

\"\"

Ta’kidlanishicha, Brioni va Loro Piana Rossiya prezidentining sevimli brendi hisoblanadi. 2022-yil Putin Brioni brendining 435 ming rubllik (5 748 dollar) kurtkasida ko‘rinish bergan.

\"\"

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.