Ukraina prezidenti ofisi qarshi hujum boshlanganini ma’lum qildi

Ukraina prezidenti ofisi qarshi hujum boshlanganini ma’lum qildi
Ukraina prezidenti ofisi qarshi hujum boshlanganini ma’lum qildi
Foto: Global Look Press
Ukraina qo‘shinlari allaqachon qarshi hujumga kirishgan, dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Italiyaning RAI telekanaliga bergan intervyusida.
 
“Qarshi hujum bir necha kundan beri davom etmoqda”, — deya Podolyakning so‘zlaridan iqtibos keltirdi telekanal. Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi front 1,5 ming kilometrga uzayganini, biroq “alohida operatsiyalar allaqachon boshlanganini” ta’kidladi.
 
Podolyak Kiyev ittifoqchilar bergan qurollarni Rossiyaga qarshi zarbalar uchun ishlatmasligini, balki ularni faqat “Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda, jumladan Qrim va Donbassda” qo‘llashini yana bir bor ta’kidladi.
 
Avvalroq Mixail Podolyak Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumiga katta hal qiluvchi jang sifatida qaramaslik kerakligini aytgandi.
 
“Bu bir hafta yoki bir oylik masala emas, balki u ko‘plab voqealarni qamrab oladi. Biri muvaffaqiyatliroq, boshqasi teskari natija berishi mumkin”, — degan Podolyak.
 
Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin qarshi hujum muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Zelenskiyni osishni taklif qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.