Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi, u safarini Rossiya bosqinida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan Mixaylv monastiridagi Xotira devoriga gulchambar qo‘yishdan boshladi. Bu haqda CBC xabar bermoqda.
 
Tryudoga moliya vaziri Kristia Friland hamrohlik qilmoqda.
U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi va Oliy Radada nutq so‘zlaydi. Tryudo o‘z nutqida Kiyevga qo‘shimcha yordam va Moskvaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qiladi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Bu Tryudoning urush boshlanganidan beri Ukrainaga ikkinchi tashrifi. O‘tgan safar u 2022 yil may oyida kelgandi. Kanada bosh vaziri Kiyev viloyatining Bucha shahriga tashrif buyurgan — shaharda Rossiya bosqini paytida tinch aholining qirg‘ini sodir etilgandi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.