Putin “Vagner” guruhi haqida gapirdi

Putin “Vagner” guruhi haqida gapirdi
Putin “Vagner” guruhi haqida gapirdi
Foto: “RIA Novosti”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi davlat hisobidan ta’minlanganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
 
Putinga ko‘ra, 2022 yilning mayidan 2023 yilning mayigacha hukumat xususiy harbiy kampaniyaga 86 milliard rubldan ortiq (1 mlrd dollardan ortiq) pul to‘lagan. Shu bilan birga, Konkord kompaniyasining egasi “Voentorg” orqali bir yilda davlatdan 80 milliard rubl daromad olgan.
 
Umid qilamanki, hech kim hech narsa o‘g‘irlamadi yoki kamroq o‘g‘irladi, lekin biz hammasi bilan shug‘ullanamiz”, — dedi Rossiya prezidenti.
 
Shuningdek, u “Vagner” guruhi jangchilari mamlakatda hurmatga sazovor bo‘lib, “mardlik va qahramonlik ko‘rsatganini” aytdi.
 
\'Vagner\' guruhiga kelsak, biz bu guruh jangchilari va qo‘mondonlariga doimo katta hurmat bilan munosabatda bo‘lganmiz, chunki ular haqiqatan ham jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan”, — dedi u.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.