Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha qayta referendum o‘tkazish iltimosnomasi firibgarlikka tekshiriladi


Buyuk Britaniya quyi palatasidagi iltimosnomalar qo‘mitasi Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidagi a’zoligi masalasi bo‘yicha qayta referendum o‘tkazish iltimosnomasini ovozlarni qo‘shib yozish holatiga yo‘l qo‘yilganlikka tekshiradi, deyiladi \"Kun\" nashrida.
Ma’lum qilinishicha, firibgarlik yo‘li bilan qo‘shilgan barcha imzolar o‘chiriladi. Ayni vaqtda petisiya 3 mln 200 ming imzo to‘pladi.
Avvalroq qayta referendum o‘tkazish iltimosnomasi Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqish tarafdori tomonidan bir oy avval yaratilgani ma’lum qilingandi. Uning aytishicha, uning iltimosnomasi mamlakatning Evropa Ittifoqida qolish tarafdorlari tomonidan \"o‘g‘rilangan\".
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













