Norvegiyada yo‘qolgan it oradan uch hafta o‘tib Italiyadan topildi

Norvegiyada yo‘qolgan it oradan uch hafta o‘tib Italiyadan topildi

Norvegiyada yo‘qolgan Kompis laqabli it oradan uch hafta o‘tib Italiyadan topildi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.

Itning egasi Mari Karlsenning aytishicha, u Kompis bilan uy hovlisida o‘ynagan va chalg‘iganida it yo‘lga qarab qochib ketib, qaytib kelmagan.

Mari Kompisni qidirgan, biroq topa olmagan. Taxminan to‘rt soat o‘tgach, ayol politsiyaga murojaat qilgan. Karlsenlar oilasi itning yo‘qolgani haqidagi xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan va qidiruv varaqalarini devorlarga osib qo‘ygan, biroq qidiruv hech qanday natija bermagan.

Kompis g‘oyib bo‘lganidan o‘n to‘qqiz kun o‘tgach, uning egasiga venetsiyalik veterinar qo‘ng‘iroq qilgan. It noma’lum tarzda Italiyaga borib qolgan.

Norvegiyada yo‘qolgan it oradan uch hafta o‘tib Italiyadan topildi

Foto: “Pravila jizni”

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Kompisni unga italiyalik juftlik olib kelgan, ular mahalliy aholidan biri itini yo‘qotib qo‘ygan deb o‘ylagan. Veterinariya shifokori itning chipidagi ma’lumotlarni tekshirganida, itning uyi Norvegiyada joylashgani ma’lum bo‘lgan.

Italiyadan qo‘ng‘iroq bo‘lganidan so‘ng, Mari chipta sotib olgan va uy hayvonini olish uchun jo‘nab ketgan. Mari Venetsiyaga borgunicha it uni topib olgan juftlik bilan birga yashagan. 19 kun ichida Kompis bilan nimalar sodir bo‘lgani va u qanday qilib Italiyaga borib qolganini hech kim bilmaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.