Do‘stona Shimoliy Koreya o‘rtoq Shoyguni kutib oldi (foto)

Do‘stona Shimoliy Koreya o‘rtoq Shoyguni kutib oldi (foto)

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 25 iyul kuni Pxenyanga tashrif buyurdi. U Koreya urushi yakunlanganining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalarda ishtirok etadi — KXDR bu urushda g‘alaba qozonganini iddao qiladi.

Tashrif doirasida Shoygu Shimoliy Koreya mudofaa vaziri Kan Sun Nam bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvda Shoygu KXDRni «do‘stona davlat» va «Rossiyaning muhim hamkori» deb atagan. «Interfaks»ning xabar berishicha, Shoygu Kim Ir Sen va Kim Chen Irning haykallari poyiga gulchambarlar qo‘ygan.

\"\"
Shimoliy koreyalik harbiylar Pxenyan aeroportida Sergey Shoyguni kutib olishmoqda.
imago-images / SNA / Scanpix / LETA
\"\"
Sergey Shoygu va KXDR mudofaa vaziri Kan Sun Nam. 2023 yil 25 iyul
KCNA / KNS / AFP / Scanpix / LETA
\"\"
Sergey Shoygu Pxenyan aeroportida. 2023 yil 25 iyul
KCNA / KNS / AP / Scanpix / LETA
\"\"
KXDR armiyasi faxriy qorovuli Sergey Shoyguni qarshi olmoqda. 2023 yil 25 iyul
RF mudofaa vazirligi matbuot xizmati
\"\"
Rossiya mudofaa vazirligi samolyoti Pxenyan aeroportida. 2023 yil 25 iyul
KCNA / Reuters / Scanpix / LETA
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.