Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi

Foto: Reuters

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi, deb xabar berdi mamlakat Qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligi Twitter’da.

“Snayperlar razvedka, navigatsiya va qurol bilan ishlashda mohir. Ular o‘ziga ishonch va sabr-toqat bilan ajralib turadi”, — deyiladi xabarda.

Qo‘mondonlik Polsha—Belarus chegarasidagi panjara fonida snayper qurollari ushlab turgan harbiylarning bir nechta suratlarini namoyish etdi.

“Qonun va adolat” partiyasi raisi Yaroslav Kachinskiy Polsha chegarasini mustahkamlash zarurligi haqida gapirdi. U buni “Vagner” jangchilarining Belarusga kelgani bilan izohladi.

Avvalroq Polsha chegarachilari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinishlar soni ortganini ma’lum qilgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.