Bangladeshdagi terrorchilik harakati tashkilotchisi yirik siyosatchining o‘g‘li ekanligi aniqlandi


Avval xabar qilganimiz - Bangladeshdagi
terakt tashkilotchisi mamlakatdagi yirik siyosatchining o‘g‘li ekanligi aniqlangan.
Restoranga hujum uyushtirgan terrorchilardan biri Bangladeshdagi yirik siyosiy partiyalardan biri \"Avami Lig\" bosh kotibi o‘rinbosarining o‘g‘li ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda partiya vakillaridan biri Mukul Chaudxuri xabar bergan.
Biroz oldin ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan suratlar orqali terrorchilar shaxsi aniqlangan edi. Ular orasida taniqli siyosatchi Imtiyoz Babulning o‘g‘li 20 yoshli nufuzli oliygoh talabasi Roxan Imtiyoz ham bo‘lgan, deya ma’lum qiladi Chaudxuri.
Boshqa shaxsi aniqlangan ikki jangari ham o‘ziga to‘q oila farzandlari ekanligi, ular ham nufuzli o‘quv yurtlarida o‘qiganliklari ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Ria Novosti.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













