Yer yuzidagi eng noqulay do‘kon: U 120 metr balandlikda, tik qoya yonbag‘rida joylashgan

Yer yuzidagi eng noqulay do‘kon: U 120 metr balandlikda, tik qoya yonbag‘rida joylashgan
\"\"
Foto: “Pravila jizni”

Xitoyda Yer yuzidagi eng noqulay do‘kon topildi. U yerdan 120 metr balandlikda, tik qoya yonbag‘rida joylashgan, deb yozmoqda “Pravila jizni” nashri.

Kichkina yog‘och do‘kon kulbaga o‘xshaydi, u Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Sinyujay milliy geologik bog‘ida joylashgan va alpinistlar uchun mo‘ljallangan.

Postdagi ma’lumotlarga ko‘ra, xaridorlar do‘kondan ko‘tarilish paytida zarur bo‘ladigan shirinliklar va tirikchilik vositalarini xarid qilishi mumkin. Ziplaynlar yordamida do‘kondagi zaxiralarni to‘ldirish mumkin.

\"\"
Foto: “Pravila jizni”

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari do‘konga “qulaylik va hayajonli manzarani uyg‘unlashtirishning innovatsion usuli” deya ta’rif bergan. Boshqalar esa xodimlarning har kuni do‘konga qanday yetib borishiga hayron bo‘lib, bu yerni “xavfli dam olish maskani” deb atagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.