Italiyalik afsonaviy xonanda Toto Kutunyo 80 yoshda vafot etdi

Italiyalik afsonaviy xonanda Toto Kutunyo 80 yoshda vafot etdi
\"\"
Foto: Reuters

Italiyalik xonanda Toto Kutunyo 81 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Qo‘shiqchi uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Milandagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Kutunyo 1983 yilda San-Remoda o‘tkazilgan festivalda L\'italiano qo‘shig‘ini kuylaganidan so‘ng mashhurlikka erishgan edi. Aynan ushbu qo‘shiq uzoq yillar mobaynida uning asosiy xit taronasi bo‘lib qoldi.
O‘sha festivalda Toto beshinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, aynan shu qo‘shig‘i unga olamshumul mashhurlikni olib kelgan.
 

Toto 1990 yilda “Yevrovideniye” tanlovida “Insieme:1992” qo‘shig‘i bilan g‘olib bo‘lgan. U Adriano Chelentano, Jo Dassen va Dalida kabi ijodkorlar bilan hamkorlik qilgan.

Kutunyo 2016 yilda Toshkentga kelgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.