Turkiyada o‘smir yo‘lovchi 3 nafar politsiyachini otib o‘ldirdi

Turkiyada o‘smir yo‘lovchi 3 nafar politsiyachini otib o‘ldirdi
Turkiyada o‘smir yo‘lovchi 3 nafar politsiyachini otib o‘ldirdi

Turkiya janubi-sharqidagi Shonliurf shahridagi avtostansiyada 17 yoshli yigit hujumi oqibatida 3 nafar polisiyachi halok bo‘lib, yana 3 nafari jarohatlandi, deb xabar beradi “Kun”.

Anadolu agentligining shahar hokimiga asoslanib xabar qilishicha, bu terroristik akt bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, hujum qiluvchi ruhiy muammoga ega bo‘lgan. U bu vaqtda oilasi bilan sayohat qilayotgan bo‘lgan va otasining to‘pponchasini
olib, hujum boshlagan.

Aniqlik kiritilishicha, bu yigit polisiyachilar hujjatlarni tekshirish maqsadida yo‘lovchilardan avtobusni tark etish so‘ralganida o‘t ocha boshlagan. Otishma chiqqach, u otib o‘ldirilgan.

Jarohatlangan 3 polisiyachi shifoxonaga etkazilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Izzat
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.