Nikolay Valuev endi kichkintoylarga hayrli tun tilaydi


Sobiq sportchi, o‘ta og‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustasi, Rossiya Gosdumasi deputati Nikolay Valuev endi bolalar ko‘rsatuvining boshlovchisi bo‘ladi. U \"Instagram\"dagi shaxsiy sahifasida \"Hayrli tun, kichkintoylar!\" (\"Spokoynoy nochi, malыshi!\") ko‘rsatuvining boshlovchisi bo‘lishini yozgan, deya xabar beradi mail.ru.
\"Men bolaligimda sevimli ko‘rsatuvimning boshlovchisi bo‘lishimni xayolimga ham keltirmagan edim\", - deb yozadi u.
1964 yildan boshlab efir yuzini ko‘rgan mazkur ko‘rsatuvni o‘z vaqtida eng taniqli kishilar olib borganlar. Endi ularning safi yana bittaga ko‘paydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













