Tunis harbiy vertolyotining qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Tunis harbiy vertolyotining qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Tunis harbiy vertolyotining qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Tunis armiyasining ikki nafar harbiy xizmatchisi harbiy vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Tunis Respublikasi Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Daryo”.

Hodisa mamlakat poytaxtidan 270 kilometr janubi-sharqda, Sfaks provinsiyasida sodir bo‘ldi.

Qayd etilshicha, o‘quv parvozini amalga oshirayotgan vertolyot Sfaks-Tina aerodromi yaqinida quladi. Halokatning sabablari hozircha noma’lum. Voqea sabablarini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Izzat
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.