G‘arb Rossiyaning yangi ittifoqchisidan qo‘rqib ketdi — OAV

G‘arb Rossiyaning yangi ittifoqchisidan qo‘rqib ketdi — OAV

Slovakiya sentyabr oyidagi parlament saylovlaridan keyin Rossiyaning ittifoqchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda \"Guardian\" sharhlovchisi Jon Kempfner xabar berdi.

\"Bir zumda Slovakiya Rossiyaning yangi ittifoqchisi bo‘lishi mumkin. <...> Agar jamoatchilik fikrini o‘rganishga ishonadigan bo‘lsak, saylovlar Moskvani maqtaydigan va Viktor Orbanga taqlid qiluvchi Robert Fitsoning qaytishini anglatadi.<...> Bir so‘z bilan aytganda, Yevropa Ittifoqi va NATO ichida tez orada yangi tartibbuzar paydo bo‘lishi mumkin\", — deb yozdi Kempfner.

Kuzatuvchiga ko‘ra, Fitso saylansa, hozirda Kiyev rejimini qo‘llab-quvvatlayotgan Slovakiya siyosatida “180 gradusga burilishi” mumkin. Fitsoning g‘alabasi bilan, Bratislava Moskvaga yordam bera boshlaydi, deya xulosa qildi jurnalist.

Robert Fitso - Slovakiyaning sobiq bosh vaziri. U ochiqchasiga Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qarshi chiqdi va G‘arbni ukrainalik natsistlar uchun “qizil gilam” to‘shaganlikda qoraladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.