Turkiyada tinch aholi isyonchilarga qarshi bosh ko‘tardi


Turkiyadagi isyonchi-harbiylarning xatti-harakatlariga qarshi chiqishni istagan tinch aholi vakillari dastlab Anqara va Istanbul shaharlari markaziga yig‘ilib, harbiylarga qarshi xujum qilgan bo‘lsa, tongda nafaqat Istanbul va Anqara, balki barcha shaharlarning markaziy maydonlariga olamon to‘plandi. Bu haqda \"IHA\"ga asoslanib \"Qalampir.uz\" xabar bermoqda.
Maydonlarga to‘plangan minglab aholining “Tik tur, egilma. Bu millat sen bilan. Millat uxlama, o‘z vataninga ega chiq”, degan hayqirig‘i shaharni jumbushga keltirmoqda.

Shaharlardagi masjidlarda odamlarni markaziy maydonlarga to‘planishga qaratilgan e’lonlar o‘qilmoqda. Askarlarning havoga o‘q ochishiga qaramay, tinch aholi vakillari shahar markaziga to‘planmoqda. Namoyishlar davom etishi oqibatida isyonchi-harbiylar “Eng buyuk askar – bu bizning askar, bu bayroq hammamizniki”, degan chaqiriqlar bilan odamlarni tinchlantirishga harakat qilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













