Rossiya Ukrainani minalashtirishda robotlardan foydalanishni boshladi

Rossiya Ukrainani minalashtirishda robotlardan foydalanishni boshladi

Rossiya Qurolli Kuchlari Ukrainada urush bo‘layotgan hududda minalashtirish ishlarida  «Miner BR-1» kompleksidan foydalanishni boshladi.

Rossiyalik mutaxassislar  «Miner BR-1» yer usti robot majmuasini yaratdilar. U allaqachon Rossiya harbiylari tomonidan maxsus harbiy operatsiya hududida qo‘llanilmoqda. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

«Rossiya Qurolli Kuchlari maxsus operatsiya hududida «Miner BR-1» kompleksidan foydalanishni boshladi. Biz yettita platformani yetkazib berdik, yana yetkazib berish rejalashtirilgan», — dedi nashr manbasi.

Manbaning qayd etishicha, ma’lum bir hududga mina o‘rnatishda robotni masofadan bosharish mumkin. Kompleksdan o‘q-dorilarni yetkazib berishda ham foydalansa bo‘ladi. «Miner BR-1» 150 kilogrammgacha bo‘lgan yuklarni tashishga qodir, ammo eng katta samaradorlikka 70 kilogrammgacha bo‘lgan yuklarni tashishda erishiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.