Falastinni tan olish to‘g‘risidagi rezolyusiya Fransiyada ma’qullandi

Falastinni tan olish to‘g‘risidagi rezolyusiya Fransiyada ma’qullandi
Falastinni tan olish to‘g‘risidagi rezolyusiya Fransiyada ma’qullandi

2 dekabr, seshanba kuni Fransiya parlamenti a’zolari Falastin davlatini tan olish haqidagi ramziy rezolyusiyani qo‘llab-quvvatladi, Bu hakda «Interfax» asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

339 deputat uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, 151 nafari qarshi chiqdi, 16 nafari esa betaraf qoldi, yana 68 deputat ovoz berishda ishtirok etmadi.

«Biz faqat virtual davlatning tan olinishiga olib keluvchi ramziy rezolyusiyani yoqlashni istamaymiz, biroq biz Falastin davlatini haqiqatan tan olish tarafdorimiz», — deya ovoz berish yakunlarini izohladi Fransiya hukumatining Evropa ishlari bo‘yicha davlat kotibi Arlem Dezir.

Avvalroq bunday ovoz berishlar Ispaniya, Buyuk Britaniya va Shveysariyada ham bo‘lib o‘tgan edi.

Foto: rfi.fr
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.