Yaponiyada 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Sunami xavfi e’lon qilindi

Yaponiyada 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Sunami xavfi e’lon qilindi

5 oktyabr kuni ertalab Yaponiya Meteorologiya agentligi Tinch okeanining g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan 6,6 magnitudali zilziladan keyin sunami xavfi haqida ogohlantirdi. Agentlik Izu zanjiridagi orollar sohilida to‘lqinlar 1 metrgacha ko‘tarilishini prognoz qildi.

\"\"
Sariq nuqtalarda to‘lqinlar bir metrgacha ko‘tarilishi mumkin.
Foto: Japan Meteorological Agency

Balandligi 0,2 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar sharqdagi Tiba prefekturasidan g‘arbdagi Kagosima prefekturasigacha cho‘zilgan hududga yetib borishi taxmin qilinmoqda, deb xabar berdi The Japan Times.

Zilzila soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 07:00) Izu orollari zanjiridagi Torisima yaqinida 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Sohilbo‘yi hududlarida va daryolar yaqinida yashovchi odamlarga balandroq yerga chiqish tavsiya etilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.