Ronaldu Eronda rassomni bag‘riga bosgani uchun 99 darra jazoga hukm qilindi

Ronaldu Eronda rassomni bag‘riga bosgani uchun 99 darra jazoga hukm qilindi

\"Al Nassr\" hujumchisi Krishtianu Ronaldu shariat qoidalariga ko‘ra jazolanishi mumkin.

“Index HR” nashrining xabar berishicha, portugaliyalik yulduz Eronga yana tashrif buyursa, 99 darra kaltak jazosiga mahkum qilinadi.

Ronaldu Osiyo chempionlar ligasining “Persepolis”ga (0:2) qarshi o‘yinidan so‘ng jismoniy imkoniyati cheklangan Fotima ismli eronlik rassom ayol bilan uchrashdi hamda uni bag‘riga bosib, bosh qismidan o‘pdi.

Krishtianuning bu harakati mamlakat qonunchiligiga zid deb topilgan.

Biroq Eron hukumati portugaliyalik futbolchi yana mamlakatga tashrif buyursa, 99 darradan qutula olmasligini ma’lum qildi.

Ronaldu Eronda rassomni bag‘riga bosgani uchun 99 darra jazoga hukm qilindi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.