Ukrainadagi urushning 605-kuni: Kiyev yaqinida ta’mirlanayotgan texnikalar va Gerasimov bilan ko‘rishgan Putin

Ukrainadagi urushning 605-kuni: Kiyev yaqinida ta’mirlanayotgan texnikalar va Gerasimov bilan ko‘rishgan Putin
Ukrainadagi urushning 605-kuni: Kiyev yaqinida ta’mirlanayotgan texnikalar va Gerasimov bilan ko‘rishgan Putin
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainada urushning 605-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • General-polkovnik Viktor Afzalov rasman Rossiya havo-kosmik kuchlari boshlig‘i etib tayinlandi. U bu lavozimda Sergey Surovikin o‘rnini egallagan.
  • Maltada noyabr oyi oxirida Global janub mamlakatlari ishtirokida Ukraina bo‘yicha uchinchi tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi.
  • Volodimir Zelenskiy Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
  • Ukraina QK ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat shimolida piyodalarga qarshi 500 mingta mina o‘rnatilgan.
  • Rostov oblastida o‘tgan kun davomida ikki bor havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushdi.
  • Rossiyalik harbiylar Kriviy Rihni o‘qqa tutdi. Bir kishi halok bo‘lgan, sanoat infratuzilma obekti shikastlangan.

Chernobildagi hayot tarzi

Chernobil yot hududi — Chernobil AES atrofida 30 kilometr radiusdagi hudud. Bu hudud aholisi 1986 yil stansiyada ro‘y bergan avariyadan keyin evakuatsiya qilingandi. 2022 yil fevralida Rossiya qo‘shini bosqinining ilk kunlarida zonaning katta qismi (jumladan, stansiyaning o‘zi ham) egallab olingandi, ammo mart oyi oxiriga kelib ular ChAES hududidan chekinadi. Bu davr ichida aholi yashash manzillariga olib boruvchi ko‘priklar portlatilgan. Qator qishloqlar quruqlik orqali ta’minotdan uzilib qolgan — bu hududlarda asosan 1986 yilda ham o‘z uyini tark etishdan bosh tortgan keksa yoshli kishilar yashaydi. Quyida ularga bugungi kunda qanday ko‘mak ko‘rsatilayotgani aks etgan suratlar.

\"\"
Ukrainalik harbiy xizmatchilar Chernobildagi yot hududda joylashgan qishloqqa qayiqda yetib olmoqda. Ular bu yerga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib turishadi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
\"\"
89 yoshli Ivan Troyanok o‘z hududi yaqinida ukrainalik harbiylar bilan suhbatlashmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
\"\"
Ivan Troyankning uyiga yordam olib kelgan ukrainalik harbiylar 
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
\"\"
78 yoshli Yevdokiya Beznoshchenko uyini ta’mirlashga yordam berayotgan ukrain harbiylari bilan
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
\"\"
Hududga gumanitar yordam olib ketayotgan ukrainalik harbiylar
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Avdiyivka yaqinidagi ukrain artilleriyachilari

Avdiyivka Ukrainadagi urushning eng qaynoq nuqtalaridan biriga aylangan. Rossiya qo‘shini so‘nggi haftalarda shaharni qurshab olishga harakat qilmoqda, ammo hamon Ukraina mudofaasini yorib o‘tishning imkoni bo‘lmagan. Quyida Avdiyivka atrofida jang qilayotgan ukrain artilleriyachilari.

\"\"
Ukraina QK 59-brigadasi harbiy xizmatchilari Rossiya qo‘shini pozitsiyalari bo‘ylab zarba berish uchun artilleriya qurilmasini joylashtirmoqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
\"\"
Ukraina QK 59-brigadasi harbiy xizmatchilari rossiyaliklarning Avdiyivka yaqinidagi pozitsiyalariga «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan zarba berishga tayyorlanmoqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
\"\"
Rossiyaliklarning Avdiyivka yaqinidagi pozitsiyalari bo‘ylab «Grad»dan o‘t ochilishi
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Donetsk o‘qqa tutilishidan keyin chiqqan yong‘in 

\"\"
21 oktyabr kuni Donetsk Ukraina tomonidan yoppasiga o‘qqa tutilgan, anneksiya qilingan DXR rasmiylariga ko‘ra, raketa zarbalari oqibatida shaharning bir qancha nuqtalarida yong‘inlar yuzaga kelgan. Fotoda — shunday joylardan biri.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
\"\"
Donetskka raketa zarbalari berilishi oqibatida yong‘in chiqqan omborxonadagi o‘t o‘chiruvchi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Donbassdagi tibbiyot punkti

\"\"
Harbiy shifokorlar Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinidagi stabilizatsiya punktida yaradorga yordam bermoqda
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
\"\"
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
\"\"
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
\"\"
Ukrainalik yarador jangchini stabilizatsiya punktidan evakuatsiya qilayotgan ukrain shifokorlari
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA

Ukrainaning Zaporijjya oblastidagi tankka qarshi vzvodi 

\"\"
Ukrainaning 128-tog‘-shturm brigadasi harbiysi Zaporijjya oblastida
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
\"\"
Ukraina QK jangchilari Zaporijjya oblasti hududida qo‘lda olib yuriluvchi tankka qarshi «Skif» raketa kompleksi bilan
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
\"\"
«Skif»ni boshqarayotgan harbiy
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA

Kiyev oblastida tuzatilayotgan harbiy texnikalar 

\"\"
Kiyev oblastidagi tank sexi. Mexaniklar harbiy mashinaning zanjirli gusenitsasini chiqarmoqda
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
\"\"
Ukraina zirhli transportyorini ta’mirlayotgan mexanik
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
\"\"
Ukraina zirhli transportyori (BTR) ichidan chiqayotgan ustaxona ishchisi
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
\"\"
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA

Xarkivda bolalar uchun xavfsizlik darslari 

\"\"
Xarkivda xavfsizlik bo‘yicha darsda qatnashayotgan bolalar. «Mobil xavfsizlik sinfi» — bu Ukraina IIV va YUNISEF ta’lim dasturi hisoblanadi. Darslar avtomobilda o‘tkazilmoqda — bolalarga minalarni qanday tanib olish va boshqa favqulodda holatlarda o‘zini qanday tutish o‘rgatiladi. «Mobil sinflar» mashinalari Xarkivning turli maktablarini aylanib chiqadi.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Rossiya qo‘shinlari shtabiga borgan Vladimir Putin

Vladimir Putin Rossiya qo‘shinlarining Rostov-Dondagi shtabiga tashrif buyurdi. U RF QK bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning hisobotini tingladi — u Putinga birlashgan qo‘shinlar guruhi topshiriqlarni «maxsus harbiy amaliyot» rejasiga muvofiq bajarayotgani haqida hisobot bergan. Xayrlashuv chog‘ida, Gerasimovning qo‘lini siqarkan, Putin «barcha komandirlar»ga salom yo‘llashni so‘ragan, deb yozadi TASS. Gerasimov bu iltimosni albatta bajarishga va’da bergan.

\"\"
Vladimir Putin Rostovda Janubiy harbiy okrugi shtabida Rossiya bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovni tinglamoqda
Gavriil Grigorov / Sputnik / AP / Scanpix / LETA
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.