Turkiya Rossiyadan oziq-ovqat embargosini bekor qilishni so‘radi

Turkiya Rossiyadan oziq-ovqat embargosini bekor qilishni so‘radi
Turkiya Rossiyadan oziq-ovqat embargosini bekor qilishni so‘radi

Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zaybakchi Rossiyadan oziq-ovqat import qilishga ruxsat berishni so‘radi. Hozirda Rossiyada Turkiya oziq-ovqat mahsulotlariga embargo amal qiladi. Bu haqda“Kun” nashri xabar bermoqda.

26 iyulda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukaev Zaybakchi bilan o‘tkazgan muzokaralar natijalariga ko‘ra, Turkiyaga nisbatan embargo Turkiya va Rossiya prezidentlarining avgustdagi uchrashuvigacha olinishi dargumon ekanligini aytdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 9 avgustda Sankt-Peterburgda uchrashishlari ma’lum qilingandi.

27 iyunda Erdo‘g‘an Rossiyaga qarashli Su-24 samolyotining urib tushirilishi uchun uzr so‘ragandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.