Isroil HAMASning nufuzli jangarilarini o‘ldirganini e’lon qildi

Isroil HAMASning nufuzli jangarilarini o‘ldirganini e’lon qildi
\"\"
Foto: AFP

Isroil armiyasi G‘azo sektorida olib borgan quruqlikdagi operatsiyada HAMASning to‘rt nafar yuqori martabali jangarisini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Halok bo‘lgan HAMAS jangarilari ro‘yxatidan quyidagi ismlar joy olgan:

  • Jamil Baba — HAMASning markaziy brigadasidagi dengiz qo‘mondoni;
  • Muhammad Safadiy — tankka qarshi raketa bo‘linmasi komandiri;
  • Muvaman Hijoziy — HAMASning tankka qarshi raketa bo‘linmasi jangchisi;
  • Muhammad Avdalloh — HAMAS ishlab chiqarish bo‘limining yuqori martabali a’zosi.

Shuningdek, Isroil harbiylari “harakat infratuzilmasini, jumladan, tankka qarshi raketa uchirish qurilmalari va boshqa uchirish maydonchalarini yo‘q qilgani”ni da’vo qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.