Instagram’da shaxsiy akkauntiga ega dunyo malikalari

Instagram’da shaxsiy akkauntiga ega dunyo malikalari

Avvallari qirollik oilasi a’zolarining shaxsiy hayoti jamoatchilik e’tiboridan butunlay yashirilgan. Biroq zamon o‘zgarmoqda, endi ularni ijtimoiy tarmoqlarda ham tez-tez ko‘rish mumkin. Shuning uchun ba’zi shahzoda va malikalar Instagram profillari orqali obunachilariga ular bilan yaqinroq tanishish imkoniyatini beradi.

York malikasi Yevgeniya — @princeseugenie

\"\"
 
Foto: Instagram

Britaniya qirollik oilasining aksariyat a’zolari ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy xabarlar yozishdan tiyilishsa-da, malika Yevgeniya buni katta zavq bilan amalga oshiradi. U muntazam ravishda oilaviy rasmlarini baham ko‘radi va Hauser & Wirth san’at galereyasida ishlaydi.

Gretsiya va Daniya malikasi Tatyana  @tatianablatnik

\"\"
Foto: Instagram

Malika Tatyana — sobiq Gretsiya qirolining o‘g‘li knyaz Nikolaosning rafiqasi. Qirollik oilasi a’zosi bo‘lgunga qadar u dizayner Diana fon Fyurstenberg bilan jamoatchilik bilan aloqalar sohasida ishlagan.

Manoko malikasi Kamilla Gottlib  @camillerosegottlieb

\"\"
Foto: Instagram

Greys Kellining nabirasi Kamilla Gottlib Instagram’dagi sahifasiga rasmlarini tez-tez joylab turadi. Buni uning sevimli mashg‘uloti desa ham bo‘ladi.

Gretsiya valiahd malikasi Mari-Shantal  @mariechantal22

\"\"
Foto: Instagram

Gretsiyaning valiahd malikasi Mari-Shantal valiahd shahzoda Pavlosga turmushga chiqqan va besh farzandning onasi. 2000-yilda u o‘zining Marie-Chantal bolalar kiyimlari brendini ochdi.

Gretsiya va Daniya malikasi Mariya Olimpiya  @olympiagreece

\"\"
Foto: Instagram

Malika Mariya Olimpiya ijtimoiy tadbirlarning katta muxlisi hisoblanadi. Shuning uchun uni tez-tez mashhur ziyofatlarda, masalan, Nikki yoki Peris Xilton bilan birgalikda ko‘rish mumkin.

Gretsiya va Daniya malikasi Teodora  @tgreece

\"\"
Foto: Instagram

Gretsiyalik Konstantin II va daniyalik Anna Mariyaning kenja qizi Braun universitetini teatr san’ati bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. Hozirda u ijtimoiy tarmoqlardan ko‘p foydalanmaydi, ammo shunga qaramay akkaunti bor.

Polin Dyukre  @paulinedcrt

\"\"
Foto: Instagram

Monako malikasi Stefaniya va Daniel Dyukrening ikkinchi farzandi Polin hozir Nyu-Yorkda yashaydi va o‘zining Alter Designs brendi bilan shug‘ullanadi.

Elizabet Turn-i-Taksis  @elisabethtnt

\"\"
Foto: Instagram

Malika Elizabet Germaniyadagi eng boy oilalardan birining qizi. Biroq u hozir Londonda yashaydi va mashhur moda jurnalida muharrir bo‘lib ishlaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.