AQShda Pokemon Go o‘yiniga atab haykal o‘rnatildi


AQShning Yangi Orlean shahrida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ida pokemonga atalgan haykal o‘rnatildi, deb xabar beradi “Vesti.ru”
Xabaringiz bor, Pokemon Go o‘yini tobora ommaviylashib bormoqda. Ushbu haykal bog‘ markazidagi favvora o‘rtasida o‘rnatildi. Haykal o‘yin qahramonlaridan biri bo‘lgan Pikachga juda ham o‘xshab ketishi ma’lum qilinmoqda.
Hozirda bog‘ga tashrif buyurayotgan insonlar haykal oldiga kelib, u bilan suratga tushishmoqda. Yaqin orada u shaharning eng asosiy diqqatga sazovor bo‘lgan san’at asariga aylanishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













