Eron Pokemon GO o‘yinini taqiqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi


Eron Islom Respublikasi hukumati xavfsizlik nuqtai-nazaridan Pokemon GO o‘yinini taqiqladi BBC News\'ga asoslanib Kun.uz xabar qilmoqda. Ushbu qaror mamlakatning internetdagi faolligini nazorat qiluvchi, virtual kenglik bo‘yicha Oliy kengashi tomonidan qabul qilingan.
Ammo, o‘yinning qaysi jihati mamlakat va fuqarolari xavfsizligiga tahdid solayotganiga oydinlik kiritilmagan. Rasmiy Tehron taqiqni joriy etishdan avval, ilovani ishlab chiqqanlar, ular bilan naqadar hamkorlik qilishga tayyorliklarini o‘rganib chiqqan.
Eron hukumati boshqa qator mamlakatlar bilan birga, Pokemon GO o‘yinining xavfsizligi borasida xavotirlarini bildirgan edi. Bundan avval, Saudiya Arabistoni diniy ulamolari Pokemon GO o‘yiniga qarshi fatvo bergan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













