Hindiston shimoliy-sharqida jangarilar hujumi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi


Hindiston shimoliy – sharqidagi Assam shtati Kokrajxar shahri bozorining jangarilar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, deb “TASS” xabar beradi.
Shuningdek, otishma chog‘ida 15 kishi yaralanibdi. Hozirda ularning ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Jangarilarga qarshi polisiya xodimlari ham o‘q uzishgan. Natijada, bir kishi halok bo‘lgan. Voqea joyidan Kalashnikov avtomati topilgan. Endilikda jinoyatchilarni izlash jarayoni olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













