Bosqinchilar Venesuela armiyasining 7 nafar gvardiyachi askarlarini o‘ldirdi


7-avgust uni Venesuela milliy bolivarchi gvardiyasining 7 nafar askarini jinoyatchilar to‘dasi o‘ldirib ketishdi. Jinoyatchilar, ularning qurollarini egallab olish maqsadida qotillik sodir etishgan, deb “Kun” xabar beradi.
Mudhish jinoyat Ansoategi va Monagas shtatlarini bog‘lovchi yo‘lda sodir etilgan. Jinoyatchilar ichida gvardiyachi askarlar bo‘lgan xavfsizlikni ta’minlash moduliga yaqinlashib, ularga qarata o‘q uzgan.
Oqibatda uning ichidagi 7 kishi o‘ldirilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilayapti.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













