Fransiyada Yangi yil kechasi bezorilar 745 ta mashinani yoqib yubordi

Fransiyada Yangi yil kechasi bezorilar 745 ta mashinani yoqib yubordi

Foto: Google Images

Fransiyada Yangi yil kechasida bezorilar 745 ta mashinani yoqib yubordi, politsiya 380 kishini qo‘lga olgan. Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen ma’lum qildi.

“Bu yil jami 745 ta avtomobil yoqib yuborildi”, — dedi u.

Vazirning ta’kidlashicha, bu o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga kam, vaholanki, Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 1 yanvardagi hisobotiga ko‘ra, o‘shanda Yangi yil kechasida 690 ta mashina yonib ketgan.

IIV rahbarining ta’kidlashicha, bu yil Yangi yil bayrami 2022 yilga nisbatan tinchroq o‘tgan. Noroziliklarni bostirish paytida 40 ga yaqin huquq-tartibot idoralari xodimi tan jarohati oldi, bu bir yil oldingiga nisbatan 40 foizga kam.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.