Afg‘oniston ustida yo‘qolgan samolyot yo‘lovchilari haqida ma’lumot berildi

OAVda Yevsyukov Volgodonskdagi «Mashenka», «Atlant» va «Avangard» bozorlari egasi sifatida keltirilgan. Mahalliy nashrlar ma’lumotiga ko‘ra, u shuningdek shahar markazidagi 4,5 ming kvadrat metr maydonga ega yirik savdo majmuasi qurilishida buyurtmachi bo‘lgan.
«Izvestiya» gazetasi halokatga uchragan samolyot haqidagi xabariga ushbu tadbirkorning fotosuratini joylashtirgan va uni hamda Anna Yevsyukovni «er-xotin» deb tanishtirgan.
aviation-safety.net sayti ma’lumotiga ko‘ra, seriya raqami 128 bo‘lgan Dassault Falcon 10 samolyoti Rossiyaga faqat 2023 yil oktyabrida olib kelingan va RA-09011 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2008 yildan 2022 yilga qadar ushbu biznes-jet CN-TKN bort raqami bilan uchgan.
Flightradar24 servisiga ko‘ra biznes-jet Hindistondan emas, Tailandning U-Tapao aeroportidan (Pattayyadagi reyslarga xizmat ko‘rsatadi) parvoz qilgan. Hindistonda (Gaya aeroportida) samolyot yonilg‘i quydirgan. Keyingi to‘xtash Toshkentda amalga oshirilishi kerak edi. Oxirgi manzil sifatida esa Moskva oblastidagi «Jukovskiy» aeroporti etib belgilangandi.

«Izvestiya» ma’lumotiga ko‘ra, Yevsyukovlar Tailandga 2023 yil dekabrida oilaviy bo‘lib borishgandi, keyin esa Anna kasallikka chalingan va shu vaqtga qadar Pattayyadagi shifoxonada davolangan. Mahalliy shifokorlar u noma’lum infeksiyaga chalingani tashxisini qo‘yishgan va sun’iy nafas oldirish apparatiga ulab, davolanish uchun Rossiyaga qaytishni tavsiya etishgandi.













