Hindistondagi novvoyxonalarning birida portlash yuz berdi


Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi novvoyxonalarning birida portlash yuz bergan, natijada uch kishi halok bo‘lgan, deb “TASS” xabar beradi.
Shuningdek, portlash oqibatida 2 kishi jarohat olgan. Ushbu novvoyxona shahrning sharqiy hududida joylashgan. Portlash yuz berganidan keyin, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar etib kelishgan. Tan jarohati olganlar shifoxonaga jo‘natilgan. Ayni damda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













