Yilning eng yaxshi yovvoyi tabiat surati e’lon qilindi

Yilning eng yaxshi yovvoyi tabiat surati e’lon qilindi
Foto: Nima Sarixani
London tabiatshunoslik tarixi muzeyi tomonidan yovvoyi tabiatning eng yaxshi surati e’lon qilindi. Britaniyalik havaskor fotograf Nima Sarixani mazkur tanlov g‘olibi bo‘ldi va surati uchun mukofot olishni o‘ziga sharaf deb aytdi.

Suratga olish uchun Nima ekspeditsiya kemasi uch kun davomida quyuq tuman orasidan oq ayiqlarni izlab yo‘lga tushadi. Muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng uyga qaytayotgan vaqtda hayratlanarli bir lahzaga ko‘zi tushadi – oq ayiq dengizdagi kichik aysberg ustiga chiqib olib, okean o‘rtasida go‘yo xayol surib yotgandek edi.

Suratga “Muzli to‘shak” deb nom berildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.