Kelajak odamlari uchun kapsula shaklidagi uyning konsepti taqdim etildi (foto)

Kelajak odamlari uchun kapsula shaklidagi uyning konsepti taqdim etildi (foto)
Foto: Europaplus
Tanishing, innovatsion texnologiyalar asrining yana bir kashfiyoti — ONCO kapsula-uylari. Intererda minimalizmni xush ko‘ruvchilarga bunday uy yoqishi aniq.

Uyning futuristik dizayn g‘oyasi Antoniel Felaynga tegishli bo‘lib, uning tashqi va ichki tomonida hech qanday o‘tkir burchaklar yo‘q. Uyda kundalik hayot uchun kerak bo‘ladigan barcha narsa mavjud: yotoqxona, oshxona, hojatxona va yashash joyi. Uyning dizayni ilmiy-fantastik filmlar ruhida tuzilgan.
Kelajak odamlari uchun kapsula shaklidagi uyning konsepti taqdim etildi (foto)
Foto: Europaplus
Tashqaridan kapsula-uy kichik ko‘rinsa-da, mebellardan kam foydalanilgani uchun ichi qulay va keng qilib ishlangan. Derazalar esa tonirovka qilingan.
Kelajak odamlari uchun kapsula shaklidagi uyning konsepti taqdim etildi (foto)
Foto: Europaplus
Mutaxassislar fikricha, bunday uy qurilishi uzoq vaqt va katta xarajat talab etadi. Shu sababli kapsula-uylar ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilish ehtimoli juda kam.

Arxitektor va dizaynerlarning futuristik uylar g‘oyasi yangilik emas. Avvalroq Koen Oltius kapsula shaklidagi uyni dengiz o‘rtasida qurish loyihasini ishlab chiqqan edi. Bunday uyni smart-uzuk bilan boshqarish mumkin edi.
Kelajak odamlari uchun kapsula shaklidagi uyning konsepti taqdim etildi (foto)
Foto: Europaplus
Siz-chi, innovatsion kapsula-uyda yashagan bo‘larmidingiz?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.