Rossiya kuchlari Zaporojedagi Ukraina harbiy istehkomlarini egallab oldi

Rossiya kuchlari Zaporojedagi Ukraina harbiy istehkomlarini egallab oldi
Foto: AP
Rossiya harbiy kuchlari Zaporoje viloyatining Marfopol aholi punkti yaqinidagi bir qancha Ukraina istehkomlarini nazorat ostiga oldi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

\"Marfopol yaqinidagi vaziyat yaxshilandi. Harbiy kuchlarimiz Ukraina armiyasining bir nechta mustahkam nuqtalarini nazorat ostiga oldi\", — deya xabar bergan “Biz Rossiya bilan birgamiz” milliy harakati rahbari Vladimir Rogov harbiy idoralar ma’lumotlariga asoslanib.

Rossiya Mudofaa vazirligi avvalroq rus kuchlari Donetsk janubidagi front chizig‘idagi pozitsiyalarini mustahkamlagani va dushman xavfi bartaraf etilganini ma’lum qilgan edi. Vazirlik matbuot xizmati, shuningdek, so‘nggi janglarda 410 nafar Ukraina askari halok bo‘lganini ham xabar bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.