Xitoyda avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi


Xitoy janubida yakshanba kuni sodir bo‘lgan avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi, deb \"TASS\" xabar beradi.
Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi vaqtida yana 32 kishi jarohatlandi. Avtohalokat Gunsi—Chjuan muxtor tumanida ro‘y berganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Jabrlanganlardan besh nafarining holati o‘ta og‘ir ekanligi aytilmoqda. Polisiya halokat sabablarini o‘rganishda davom etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













