AQSH sobiq prezidenti limuzini auksionga qo‘yildi (foto)

AQSH sobiq prezidenti limuzini auksionga qo‘yildi (foto)
AQSH sobiq prezidentining 1965 yilda ishlab chiqarilgan tarixiy Lincoln Continental limuzini kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Oq uydagi limuzinlarning aksariyati muzeylarda turadi, biroq bu kamdan-kam istisno holatidir, deb yozmoqda Car and Drive nashri.
AQSH sobiq prezidenti limuzini auksionga qo‘yildi (foto)
Foto: Car and Drive
1965 yilgi Lincoln Continental 1964—1970 yillarda Chikagoda Lemann-Peterson tomonidan ishlab chiqarilgan 500 ta limuzindan biridir. O‘shanda federal hukumat 15 ta mashina sotib olgan va bu avtomobil AQSHning 36-prezidenti Lindon Jonsonning administratsiyasiga topshirilgan.
AQSH sobiq prezidenti limuzini auksionga qo‘yildi (foto)
Foto: Car and Drive
So‘nggi ellik yil ichida sobiq prezidentlarga tegishli limuzinlar yo‘q qilingan yoki muzeyga topshirilgan. Ammo bu 6,4 metr uzunlikdagi Lincoln Continental hozirda Bring a Trailer auksionida sotilmoqda. Sotuvchi mashinani 22 yil saqlagan, shunga qaramay, u bir necha ming kilometrni bemalol bosib o‘tgan. Bugungi kunga kelib, masofa taxminan 59 546 kilometrni tashkil etadi.
AQSH sobiq prezidenti limuzini auksionga qo‘yildi (foto)
Foto: Car and Drive
Mashina xuddi tosh blokdan o‘yilgandek yo‘l bo‘ylab harakatlanadi. U ancha kuchli”, — deydi sotuvchi Jon Loulor.

Vashington atrofida tez-tez xorijlik diplomatlar va maxsus mehmonlarni olib yurgan limuzin hech qanday zirhga ega emas, 7,0 litrli V8 dvigateliga ega va ortiqcha tonna yuk ko‘tarmaydi. Shu bilan birga, u asl kristall grafinli bar peshtaxtasi, shuningdek, Oq uy telefoni bilan jihozlangan.
AQSH sobiq prezidenti limuzini auksionga qo‘yildi (foto)
Foto: Car and Drive
Loulor 2002 yilda Linkoln avtomobilini sotib olganida, u oddiy Lemann-Peterson limuzinini sotib oldim deb o‘ylagan. Ammo yetkazib beruvchi Jonsonning 1965 yilgi inauguratsiyasidagi ruchkasi va oltin brelok solingan maxsus qutisi bilan kelganida, mashina prezidentga tegishli bo‘lganini tushungan.
AQSH sobiq prezidenti limuzini auksionga qo‘yildi (foto)
Foto: Car and Drive
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.