Bishkekda portlash sodir bo‘ldi


Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida, Xitoy elchixonasi joylashgan hududda portlash yuz berdi. Barcha manbalar bu portlash diplomatik bino ichkarisida yuz bergani haqida xabar bermoqda, deyiladi \"Kun\" nashrida.
Elchixonaga aloqador manbalarning bildirishicha, portlash xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan.
Terakt oqibatida elchixonaning bir necha xodimlari jarohatlangani aytilmoqda. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Portlash ro‘y bergan hudud maxsus topshiriqli bo‘limlar xodimlari tomonidan o‘rab olingan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













