Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang”

Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang”
Foto: AFP
Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Turkiya G‘azodagi keskinlikni tezda pasaytirib, insoniyatga qarshi jinoyatlar va sodir bo‘layotgan gumanitar inqirozga e’tibor qaratishga umid qilayotganini ma’lum qildi.

\"Biz o‘t ochishni to‘xtatishga erishish, Falastin xalqiga insonparvarlik yordamining uzluksiz yetkazilishini ta’minlash va ikki davlat o‘rtasida doimiy tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosiy jarayonni boshlash uchun barcha sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz\", — dedi vitse-prezident X ijtimoiy tarmog‘ida.

Yilmaz Isroilni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaganlar mintaqadagi mojaroning kuchayishiga hissa qo‘shib, Netanyaxuning jinoyatlariga sherik bo‘layotganini ta’kidlagan.

U xalqaro hamjamiyatga qonun ustuvorligini ta’minlash, adolatni qo‘llab-quvvatlash va Isroil hujumlarini to‘xtatish uchun murojaatini yangilagan.

\"Urushda g‘oliblar yo‘q, adolatli dunyoda faqat mag‘lubiyatga uchraganlar bor\", — deya ta’kidlagan vitse-prezident.

Manbalarga ko‘ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan amerikalik hamkasbi Entoni Blinken bilan telefon suhbati chog‘ida Isroil—Eron muammosining o‘zagi G‘azodagi mojaro ekanligini eslatgan. Turkiya diplomatiyasi rahbari inqirozning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini aytgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.