AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi
Foto: Google Images
AQSH Moliya vazirligi Iordaniya G‘arbiy sohilidagi vaziyat bilan bog‘liq holat tufayli Isroil fuqarosi va ikki Isroil tashkilotiga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Amerika moliya departamenti xabar berdi.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Iordaniya G‘arbiy sohilidagi zo‘ravonlik harakatlariga aloqador Isroil fuqarolariga qarshi sanksiyalar joriy etishga ruxsat beruvchi farmonni imzolagan edi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi AQSHdagi aktivlarni muzlatib qo‘yish va Amerika fuqarolari hamda kompaniyalariga aloqador shaxslar bilan biznes yuritishni taqiqlashni nazarda tutadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.