Peterburgdagi ko‘prikni Islom Karimov sharafiga nomlash so‘raldi

Peterburgdagi ko‘prikni Islom Karimov sharafiga nomlash so‘raldi
Peterburgdagi ko‘prikni Islom Karimov sharafiga nomlash so‘raldi

Peterburgdagi ko‘priklardan birini O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov sharafiga nomlash so‘ralmoqda. Bu haqida Federal axborot agentligi\'ga asoslanib \"Kun\" nashri ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, \"Milliy qo‘mita+60\" ijtimoiy tashkiloti Sankt-Peterburg hukumatiga ana shunday tashabbus bilan murojaat qilgan.

Gap \"Shon-shuhrat xiyoboni\"dagi Dudergof kanalidan o‘tgan nomsiz piyoda ko‘prigi haqida bormoqda.

\"Barchaga ma’lumki, o‘zbek jangchilari ruslar bilan elkama-elka turib, Qahramon Shaharni yovlardan himoya qilishgan, keksalarimiz esa evakuasiya natijasida O‘zbekistonda kechgan kunlarini iliq xotiralar bilan yodga olishadi\", - deya ta’kidlashdi tashkilot vakillari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.