Rossiyadagi Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik talaba sovrindor bo‘ldi

Rossiyadagi Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik talaba sovrindor bo‘ldi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekistonlik qori Abbosxon Obidov Saidmurod o‘g‘li Rossiyada o‘tkazilgan Qur’oni karimni tajvidli o‘qish bo‘yicha xalqaro musobaqada sovrindor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Ixva” xayriya jamiyati tomonidan tashkil qilingan ikkinchi xalqaro musobaqaga 25–27 may kunlari Rossiya federatsiyasining Ingushiston respublikasi mezbonlik qildi.
Rossiyadagi Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik talaba sovrindor bo‘ldi
O‘zbekiston nomidan musobaqada qatnashgan Abbosxon qori Obidov Saidmurod o‘g‘li 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi va 3 ming dollar mukofot bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, Abbosxon qori O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi \"Hidoya\" o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi hisoblanadi.
Rossiyadagi Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik talaba sovrindor bo‘ldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.