Ukraina Zelenskiyning tinchlik rejasini 10 banddan 3 taga qisqartirdi

Ukraina Zelenskiyning tinchlik rejasini 10 banddan 3 taga qisqartirdi
Foto: Wall Street Journal
Ukraina Rossiya bilan kelgusidagi muzokaralar uchun Zelenskiyning tinchlik rejasini 10 banddan 3 taga qisqartirdi, deya xabar berdi Bloomberg.
Ukraina Zelenskiyning tinchlik rejasini 10 banddan 3 taga qisqartirdi
Nashr yozishicha, Shveysariya sammiti keyinchalik rossiyalik amaldorlarni muzokaralarga jalb etish imkonini beruvchi qadamlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Ukraina sammit muhokamasi uchun 3 masalani o‘rtaga tashlaydi:
  • Yadroviy obyektlarning xavfsizligi va yadroviy qurolni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik. Zaporoje atom elektr stansiyasi Ukraina nazoratiga o‘tishi va MAGATE tamoyillari asosida ishlashi shart;
  • Oziq-ovqat xavfsizligi «qurol» bo‘lmasligi kerak. Qora va Azov dengizlarida kemalarning erkin qatnovi kafolatlanishi lozim. Ukraina o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi tomonlarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;
  • Barcha asirlar, jumladan, deportatsiya qilingan va qonunga zid tarzda ko‘chirib ketilgan ukrain bolalari va fuqarolarining ozod qilinishi shart.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.