Ronaldu yana bir olqishga sazovor harakatni amalga oshirdi

Ronaldu yana bir olqishga sazovor harakatni amalga oshirdi
Krishtianu Ronaldu Yevro-2024 musobaqasining 1/8 finalida Sloveniya bilan o‘yindan so‘ng 4 yoshli bemor muxlisi bilan uchrashdi.

Suriyada tug‘ilgan bola 2023 yil oktyabr oyidan beri Germaniyada istiqomat qiladi. Uning ota-onasi nemis shifokorlari uning saratonini davolay olishlariga umid qilib, ushbu davlatga ko‘chib o‘tishga qaror qilishgan.

O‘yindan so‘ng Ronaldu tribunada Avar bilan uchrashdi va u bilan suratga tushdi. Shuningdek, Krishtianu bolaning futbolkasi, kepkasi va to‘piga imzo chekdi. Uchrashuv Germaniyaning \"hr3\" radiostansiyasi tomonidan tashkil etildi.
Ronaldu yana bir olqishga sazovor harakatni amalga oshirdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.