Xitoy Tojikistonda maxfiy harbiy baza qurmoqda

Xitoy Tojikistonda maxfiy harbiy baza qurmoqda
Foto: AP
Xitoy Tojikiston hududida bir necha yildan beri yashirin harbiy baza qurayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri yozdi.

13000 fut balandlikdagi tog‘larda joylashgan obyektda kuzatuv minoralari bor va har ikki davlat qo‘shinlari muntazam harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib turadi. Bu yerda har ikkala tomonning ham qo‘shinlari mavjud”, deya yozadi The Telegraph.

Na Dushanbe va na Pekin harbiy inshootning mavjudligini tan olmaydi.

The Telegraph turli yillarda sun’iy yo‘ldoshdan olingan bir qancha rasmlarni ham joylashtirgan.
Xitoy Tojikistonda maxfiy harbiy baza qurmoqda
2013 yil avgust
Xitoy Tojikistonda maxfiy harbiy baza qurmoqda
2016 yil avgust
Xitoy Tojikistonda maxfiy harbiy baza qurmoqda
2019 yil may
Xitoy Tojikistonda maxfiy harbiy baza qurmoqda
2022 yil avgust
Ta’kidlanishicha, 2016 yilda Xitoy va Tojikiston o‘rtasida xavfsizlik shartnomasini imzolagan. Afg‘onistonda Tolibon hokimiyat tepasiga kelgach, Tojikistonga tahdid kuchaygan bo‘lishi mumkinligiga ham urg‘u beriladi.

Avvalroq, 4 iyul kuni XXR raisi Si Jinping rasmiy tashrif bilan Tojikistonga borgani va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.